» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” aprel oyidan Toshkent—Dushanbe reysini amalga oshirishga kirishadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aprel oyidan Toshkent—Dushanbe reysini amalga oshirishga kirishadi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi joriy yil aprel oyidan boshlab Toshkentdan Dushanbega reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda. 

26-martdan joriy etiluvchi MAK parvozlar jadvaliga muvofiq, reyslar A320 samolyotlarida haftaning seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. 

O‘tgan yil noyabr oyida O‘zbekiston va Tojikiston 2017-yil boshidan 1992-yilda to‘xtatilgan aviaqatnovlarni qaytadan yo‘lga qo‘yishga kelishib olgan edi. Aviareyslarni Tojikiston tomonidan Somon Air, O‘zbekiston tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyalari amalga oshiradi. 

Somon Air’ning birinchi reysi 20-fevralga belgilangan edi, biroq tojik aviakompaniyasi zarur hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmagani sababli parvoz bekor qilindi.

Apreldan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Lahorga (Pokiston) ham reyslarni ochadi. Bundan tashqari, Nyu-York, Seul, Mineralniye Vodi, Sochi va Ostonaga parvozlar chastotasi oshiriladi. Dubay, Moskva va Istanbulga parvozlar Boeing-787 Dreamliner laynerlarida amalga oshiriladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-02-2017, 16:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 66) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют