» » “O‘zbekiston havo yo‘llari”: Somon Air tegishli hujjatlarni jo‘natmagani uchun “Dushanbe—Toshkent” reysi amalga oshmadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari”: Somon Air tegishli hujjatlarni jo‘natmagani uchun “Dushanbe—Toshkent” reysi amalga oshmadi


Somon Air aviakompaniyasi “Dushanbe—Toshkent” reysini amalga oshirish uchun “tegishli rasmiyatchilik ishlarini bajarmagani, zarur hujjatlarni jo‘natmagani” uchun 20-fevralga belgilangan reys amalga oshmagan. Bu haqda, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Kun” xabar bermoqda.

Mavzuga doir: “Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam aviaqatnov amalga oshmadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati rahbarining “Kun”ga bergan axborotida Toshkent aeroporti Dushanbedan keladigan reysni qabul qilishga tayyor emasligi haqidagi taxminlarni, O‘zbekiston tomoni bu reysni “asossiz ravishda taqiqlab qo‘ygani” haqidagi xabarlarni inkor qilgan.

“Yaqin vaqt ichida ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ matbuot xizmati bu borada rasmiy izoh beradi”, — deyiladi “Kun” xabarida. Ushbu xabar tayyorlanayotgan vaqtda, “O‘zbekiston havo yo‘llari” vaziyat yuzasidan hech qanday izoh bermagan edi.

20-fevral kuni “Dushanbe—Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab birinchi muntazam aviaqatnov amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi, biroq Somon Air bu reysni bekor qildi.

Avvalroq, 10-fevral kuni Somon Air Toshkentga texnik reysni amalga oshirgan, bu ikki mamlakat o‘rtasida so‘nggi 25 yilda amalga oshirilgan ilk aviaqatnov sifatida e’tirof etilgan edi.

Mavzuga doir: Tojikiston aviakompaniyasi O‘zbekistonga 1992-yildan buyon ilk texnik reysni amalga oshirdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют