» » Oston O‘runov: “Manchester Yunayted”, “Yuventus” yoki “Real”ga o‘tmoqchiman

Oston O‘runov: “Manchester Yunayted”, “Yuventus” yoki “Real”ga o‘tmoqchiman


“Ufa”ning (Rossiya) o‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachisi Oston O‘runov “Krasnodar” sobiq futbolchisi, hozirda Xitoyning “Shanxay-SIPG” klubida faoliyat yuritayotgan Odil Ahmedovning foydali maslahatlari va o‘zi o‘ynashni istaydigan klublar haqida gapirdi.

“Ochig‘ini aytsam, bolaligimda Rossiya chempionatini kam tomosha qilardim. Umuman olganda, o‘zi kamdan kam futbol ko‘raman, men ko‘proq o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Ammo Odil Ahmedovning o‘yinlari yodimda. U bilan yaxshi munosabatdamiz, u menga muhim maslahatlar berib turadi. Men to‘pni o‘zimda ko‘p ushlab turardim, Odil esa menga shunday dedi: ‘Bir marta alda, bir marta pas oshir’. Shundan keyin bunga amal qilishga harakat qilyapman.

Orzum? O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan Jahon Chempionatiga chiqish. Buni butun o‘zbek xalqi xohlaydi. Nasib etsa, Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritamiz. Bundan tashqari, “Manchester Yunayted”, “Yuventus” yoki “Real” safida o‘ynamoqchiman. Buni uddalasa bo‘ladi, nega endi o‘ynay olmas ekanman? Men unga chin dildan ishonaman.

Ammo hozirgi rejalarim – “Ufa”da o‘zimni ko‘rsatish. Agar bir necha kun ichidagi maqsadlar haqida bo‘lsa, 27-iyun, shanba kuni “Spartak” darvozasini ishg‘ol etmoqchiman”, — deydi O‘runov.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov joriy yilning qishida Toshkentning “Lokomotiv”idan 200 ming yevro evaziga (“Transfermarkt”ga ko‘ra) “Ufa” ga ko‘chib o‘tgandi. U ushbu klub safida 4 ta o‘yin o‘tkazdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют