» » Zinedin Zidan “Real”ning “Espanyol”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Zinedin Zidan “Real”ning “Espanyol”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi


Madridning “Real” jamoasi Toshkent vaqti bilan 29-iyunga o‘tar kechasi, soat 01:00 da safarda “Espanyol” bilan bahsga kirishadi.

Madrid klubi ustozi Zinedin Zidan ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan jarohat olgan Nacho, Lukas Vaskes kabi futbolchilar o‘rin olmagan. Shuningdek, Ferlan Mendi va Luka Modrich sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani sabab, bahsda ishtirok etmaydi.

“Espanyol”ga qarshi o‘yindagi g‘alaba Madrid klubini La Liganing yakka peshqadamiga aylantiradi.

O‘yin qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Xavi Ernandes, Migel Gutyerres.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Federiko Valverde, Xames Rodriges, Isko.

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Garet Beyl, Marko Asensio, Braim Dias, Mariano Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют