» » Bollivud afsonasi Amitabh Bachchanning rafiqasi Jaya Bachchan haqida faktlar

Bollivud afsonasi Amitabh Bachchanning rafiqasi Jaya Bachchan haqida faktlar


Bollivudning yulduzli oilasi vakilasi, hind kino sanoatining eng mashhur aktyori Amitabh Bachchanning umr yo‘ldoshi haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilamiz.

1. Jaya Bxaduri 1948-yil 9-aprel sanasida Hindistonning Madhya-Pradesh shtati, Jabalpur shahrida dunyoga kelgan.

2. Punadagi Kino va televideniye institutini oltin medalga tamomlagan Jaya 15 yoshida “Katta shahar” filmida debyut rol ijro qilgan.

3. 1971-yilda suratga olingan “Guddi” filmidagi roli uchun Filmfare Awards’da eng yaxshi aktrisa deb topilgan.

4. 1972-yilda Sanjiv Kumar bilan birga rol ijrosi uning karyerasida muvaffaqiyat boshlanishiga sababchi bo‘lgan.

5. Aktrisa Xrishikesh Mukerji, Gulzar, Ramesh Sippi, Prakash Mehra va boshqa bir qancha rejissorlar bilan hamkorlikda ishlashga muvaffaq bo‘lgan.

6. “Guddi” filmida Amitabh Bachchan epizod rol ijro qilgan bo‘lsa-da, keyinchalik “Bansi va Birju” filmida juftlik to‘liq birgalikda suratga tushgan. Shundan keyin “Intiqom va qonun” (1975), “Vtixarya” (1975) va yana bir qancha filmlarda juftlikni gavdalantirgan mashhurlar o‘rtasida sevgi alangasi uchqunlari paydo bo‘la boshlaydi.

7. Juftlik 1973-yil 3-iyunda turmush qurgan va ikki nafar farzadli bo‘lgan. Qizi Shveta Bachchan biznesmenga turmushga chiqqan, o‘g‘li Abxishek bo‘lsa, Ayshvariya Rayga uylangan.

8. Farzandlari tarbiyasiga o‘zini bag‘ishlashga qaror qilgan aktrisa oradan 17 yil o‘tib “Ona yer” filmida suratga tushgan.

9. U o‘zini? 90-yillarda prodyusser sifatida ham sinab ko‘rgan.

10. 1992-yilda Jaya Bachchan Padma Shri davlat mukofotiga loyiq deb topilgan.

11. Aktrisa arsenalida 2000-yillarning eng taniqli “Gohi shodlik, gohi g‘am” va “O‘tkinchi dunyo” filmlari ham bor.

12. Bugungi kunda Jaya Bachchanning uch nafar nevarasi (Shvetaning bir qiz, bir o‘g‘li, Abxishekning esa bir qizi) bor?.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют