» » Amitabh Bachchan shifoxonadaga yotqizilgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritildi

Amitabh Bachchan shifoxonadaga yotqizilgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritildi


So‘nggi bir necha kun davomida taniqli hind aktyori Amitabh Bachchanning shifoxonaga yotqizilgani haqida tarqalgan mish-mishlarga Kaun Banega Crorepati (“Kim millioner bo‘lishni istaydi?” ko‘rsatuvining hindcha talqini) televizion shousi ishlaydigan xodimlar aniqlik kiritdi, deb yozadi News 18.

Ma’lum qilinishicha, Amitabh boshlovchiligidagi ko‘rsatuv bu hafta suratga olinmaydi. Biroq, aktyor viktorina boshlovchisi sifatida suratga tushishda davom etadi.

IANS nashri o‘z manbalariga tayanib ushbu hafta shouni suratga olish rejalashtirilmagani haqida xabar tarqatgan. Suratga olish ishlari kelayotgan seshanba (22 oktabr) davom etadi. Shuningdek, manbaning ta’kidlashicha Amitabh Bachchanning shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. Aktyor sog‘lom va uning ahvoli yaxshi. Qolaversa, ayni damda u shifoxonada emas.

Manbaga ko‘ra, Amitabh Bachchan odatdagi  ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga borgan. Uni kimdir ko‘rgan va aktyor shifoxonaga yotqizilgan deb ma’lumot tarqatgan.

“Odatda, aktyor yakshanba kunlari KBC uchun suratga tushmaydi, chunki u shu kuni dam oladi. 21-oktabr ya’ni dushanba kuni Mumbayda saylov bo‘lib o‘tadi. Shuning uchun u ishtirokidagi suratga olish ishlari seshanbadan davom etadi”, — degan manba.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2019, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют