» » XX asrning eng yaxshi hind aktyori Amitabh Bachchan va uning oilasi (foto)

XX asrning eng yaxshi hind aktyori Amitabh Bachchan va uning oilasi (foto)


Amitabh Bachchan nomi butun dunyoda tanilgan. U Bollivudning haqiqiy afsonasi. Ammo uning hayot yo‘li boshqa hind aktyorlarining taqdiridan tubdan farq qiladi.

Mashhur hind aktyorlarining taqdiri-qashshoqlikdan muvaffaqiyatga erishish yo‘lidir. Ammo Amitabh Bachchanning hikoyasi butunlay boshqacha.

U Hindistonning eng boy va mashhur oilalaridan birida tug‘ilgan. Otasi — Hindistonning eng buyuk shoiri Xarivansh Bachchan. Onasi — Teija Suri, Hindiston bosh vaziri Buyuk Indira Gandining yaqin dugonasi va ishongan kishisi edi.

Amitabh va uning ukasi Ajitabh bolalikdan farovonlikda yashagan, u aktyor bo‘lishni bolaligidan orzu qilgan.

Yoshlik yillarda o‘qish paytida u teatrda qo‘shiq ijrochisi sifatida teatrda faoliyat yuritgan.

Katta kinolarda birinchi rolini faqat 1969-yilda o‘ynagan, ammo film kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Bachchan o‘z ustida tinimsiz ishladi. 1973-yil Bachchanning hayotini keskin o‘zgartirdi. Bu yil u “Cho‘zilib ketgan qasos” filmida suratga tushdi. Filmda u yovuzlik bilan kurashuvchi yolg‘iz qo‘riqchi rolini o‘ynadi. O‘shandan beri u Hindistonda “Darg‘azab yigit” nomini oldi, bu esa jangarilar yulduzi degan ma’nosini anglatadi.

Xuddi shu yili Amitabh Bachchan aktrisa Jaya Bhaduriga uylandi. Ularnin juftligi Hindistondagi eng baxtli oila sifatida e’tirod etiladi.

1975-yilda Bachchan davrning boshqa ramzi Dxarmendra bilan birga “Intiqom va qonun” filmida suratga tushdi. Ushbu kartina Hindiston tarixidagi eng yaxshi kino sanaladi. Film katta tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. Bachchan ushbu filmdan so‘ng Hindistonda misli ko‘rilmagan mashhurlikka erishdi.

1980-yillarning o‘rtalarida Bachchan o‘zini siyosatda sinab ko‘rdi va Rajiv Gandi partiyasi deputati bo‘ldi.

Lekin Bofors korrupsiya ishi munosabati bilan siyosiy faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.

Bachchan kinoga qaytib keldi va undan boshqa ketmadi. U hozirgacha muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda davom ettirmoqda. U 271 ta filmda suratga tushgan. 2000-yilda Hindiston kinoijodkorlari milliy assotsiatsiyasi Amitabh Bachchanni ming yillik aktyori sifatida tan oldi.

Bachchanning shaxsiy hayotida hamma narsa juda oddiy, bir epizoddan tashqari. 1982-yilda aktyor xotinining do‘sti, aktrisa Rekha bilan ishqiy aloqada bo‘lgan. Har bir hind bu haqda bilar edi, lekin turmush o‘rtog‘i his-tuyg‘ularini boshqalarga ko‘rsatmadi.

Xuddi shu yili Bachchan “Yuk tashuvchi” filmida barcha xavfli tryuklarni o‘zi ijro etdi, bu esa uning salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Uning talog‘i yorilib komaga tushib qoldi.

Bachchan uchun butun mamlakat ibodat qildi, xotini esa uning yonidan bir daqiqa ham ketmadi.

Komadan chiqqach Bachchan xotiniga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. U barcha aloqalarni uzib, Hindistonning eng oilaparvar aktyoriga aylandi.

Amitabh Bachchanning ikki farzandi bor: qizi Shveta va o‘g‘li Abhishek. Uning o‘g‘li Hindiston go‘zali, mamlakatning eng taniqli aktrisasi Ayshvariya Rayga uylangan.

View this post on Instagram

?Happyyy Anniversary Pa n Ma? ???? Love, Health and Happiness always God Bless ????????????

A post shared by AishwaryaRaiBachchan (@aishwaryaraibachchan_arb) on

View this post on Instagram

?????????

A post shared by AishwaryaRaiBachchan (@aishwaryaraibachchan_arb) on

Amitabh Bachchan hayotlik paytida madam Tyusso muzeyidan mumli haykali o‘rin olgan dunyodagi kam soni insonlardan biri. Bachchan shuningdek, Fransiya fuqarolik mukofoti — “Faxriy legion ordeni” bilan ham taqdirlangan.

Hozirda Amitabh Bachchan 77 yoshda. U hanuzgacha turli filmlarda, ko‘rsatuvlar va reklama roliklarida suratga tushmoqda. Shuningdek u sevimli ota va nevarasi Aradhyaning sevimli bobosi hamdir.

View this post on Instagram

Proud of you Shweta and all those that put together #mxsworld

A post shared by Amitabh Bachchan (@amitabhbachchan) on



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют