» » Habib Nurmagomedovning murabbiyi yaqin orada shogirdining o‘rnini kim egallashini aytdi

Habib Nurmagomedovning murabbiyi yaqin orada shogirdining o‘rnini kim egallashini aytdi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes shogirdi hali o‘z motivatsiyasini yo‘qotmaganini ta’kidladi.

“Agar senda g‘alaba qozonish istagi bo‘lmasa, u holda yutqazishing mumkin. Bu barcha yakkakurashchilarga taalluqli. Biroq Habibda bu borada barchasi joyida, u avvalgidek g‘oliblar bilan jang qilishni istaydi, kurashda davom etadi.

Unga raqobat qilishi mumkin bo‘lgan ko‘plab jangchilar bor. Tez orada Islom Maxachev ham shunday natijalar ko‘rsata boshlaydi, kelajakda u Habibning o‘rnini egallashi mumkin. Habib hali ham g‘alabalarni xohlaydi, shu sabab u bilan hammasi joyida bo‘ladi”, — deydi Mendes.

28 yoshli Maxachev MMA’da 19 jang o‘tkazib, ularning 18 tasida g‘alaba qozongan (10 ta muddatidan avval) va bir bor mag‘lub bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют