» » Toshkentda 67 nafar, Qashqadaryoda 14 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 5300 nafardan oshdi

Toshkentda 67 nafar, Qashqadaryoda 14 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 5300 nafardan oshdi


Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 62 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 81 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shu tariqa, Toshkent shahri va viloyatida COVID-19’dan sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 3119 nafarga yetdi.

Mavzuga doir: Toshkentda 27-iyun kuni “O‘rikzor” bozori sotuvchisi, 2 nafar bank xodimi va “O‘zbektelekom” xodimida koronavirus aniqlangan

Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lganlar soni 56 nafarni tashkil qildi. 27-iyunda mazkur viloyatda infeksiyadan tuzalganlar foiz ko‘rsatkichi 23 foiz edi, bugun yana yangi kasallanish holatlari aniqlanmasa, bu boradagi natija yaxshilanishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha infeksiyadan tuzalganlar soni esa 5329 nafarga yetgan. 28-iyun 22:00 holatiga ko‘ra respublikaning turli hududlarida jami 2463 nafar bemor belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

O‘zbekistonda 28-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 43 nafar, 17:00 holatiga ko‘ra esa 88 nafar odam koronavirus infeksiyasiga chalingan va kasallanganlarning umumiy soni 7813 nafarga yetgan.

Epidemiya boshlanganidan buyon COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan bemorlar soni esa 21 nafarni tashkil qilmoqda. Iyun oyining ortda qolgan davrida 6 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют