» » O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi ikkinchi saralash bosqichi o‘yinlaridan so‘ng Pro-Liganing ikki klubi musobaqa guruh bosqichiga yo‘l oldi.

“Sho‘rtan” va “Oqtepa” jamoalari Superliganing 14 jamoasiga qo‘shilgan holda o‘z yurishini davom ettiradi.

16 jamoa to‘rtta guruhga ajratiladi. Guruh bahslari uy-safar tizimida emas, bitta o‘yindan iborat bo‘ladi va mezbon jamoa qur’a orqali aniqlanadi. Qur’adan kelib chiqib, guruhlarda ikkita jamoa ikkita uy va bitta safar va yana ikkita jamoa esa bitta uy va ikkita safar o‘yini tizimida o‘ynaydi.

Guruhda 1 va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi. Pley-off uchrashuvlari ham bitta o‘yindan iborat bo‘lib, bahs durang bilan yakunlangan taqdirda qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilinadi.

Coca-Cola O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi ishtirokchilari bilan tanishing:

“Paxtakor”

OKMK

“Qo‘qon-1912”

“Nasaf”

“Bunyodkor”

“Navbahor”

“Metallurg”

“So‘g‘diyona”

“Mash’al”

“Lokomotiv”

“Surxon”

“Andijon”

“Buxoro”

“Qizilqum”

“Oqtepa”

“Sho‘rtan”

Ma’lumot uchun, musobaqaning 2019-yilgi mavsumida “Paxtakor” g‘olib bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют