» » O‘zbekiston Kubogi. “Metallurg”, “Navbahor” va “Buxoro”? 1/8 finalga chiqa olmadi. Nimchorak final qur’asi ertaga Sport-TV orqali jonli efirda namoyish etiladi

O‘zbekiston Kubogi. “Metallurg”, “Navbahor” va “Buxoro”? 1/8 finalga chiqa olmadi. Nimchorak final qur’asi ertaga Sport-TV orqali jonli efirda namoyish etiladi


15—16-aprel kunlari O‘zbekiston Kubogi 1/16 finali doirasida 12 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Superliganing 3 ta vakili – “Metallurg”, “Navbahor” va “Buxoro” klublari Kubokni ilk bosqichdayoq tark etdi.

“Andijon” va “Navbahor” o‘rtasida kechgan vodiy derbisida mezbonlar kichik hisobda g‘alaba qozonib, “Navbahor”ni tomoshabinlar qatoriga kuzatib qo‘ydi.

Superliganing ikki vakili – “So‘g‘diyona” va “Metallurg” jamoalarining bahsida ham mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

“Neftchi” safarda “Sho‘rtan”ni mag‘lub etib, “Qizilqum” esa o‘z uyida “Buxoro”ni mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.

O‘zbekiston Kubogi

1/16 final bellashuvlari

15 aprel, yakshanba

16-aprel, dushanba

Nimchorak finalga yo‘llanma olgan 12 ta jamoaga yana to‘rtta jamoa qo‘shiladi. Bular — “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor”.

1/8 finalda Superliganing 9 ta va Pro-liganing 7 ta klubi qatnashadi.

Yangi formatga ko‘ra, 1/8 final bosqichiga ham qur’a tashlanadi. Qur’a tashlash marosimi 18-aprel,chorshanba kuni soat 20:00 da Sport-TV telekanali orqali jonli efirda namoyish qilinadi.

?Ma’lumot uchun yangi formatga ko‘ra, O‘zbekiston Kubogining yarim finaligacha bo‘lgan barcha bosqichida jamoalar bitta o‘yin o‘tkazadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют