» » Kubokning 1/8 finalidayoq Paxtakor Nasaf oynashga yaqin, Neftchida yana vodiy derbisi

Kubokning 1/8 finalidayoq Paxtakor Nasaf oynashga yaqin, Neftchida yana vodiy derbisi


Futbol boyicha Ozbekiston kubogining 1/8 final bosqichida top suradigan juftliklar aniq boldi.

Oldindan aytish kerak, avvalgi bosqich doirasidan orin olgan yana 2 ta uchrashuv oldinda kutib turibdi. 26-mart kuni Orol va Sogdiyona klublari Jizzaxda ozaro kuch sinashadi. Bellashuv Nukusdagi stadion talabga javob bermagani uchun Qoraqalpogistondan olib qoyilgan.

Paxtakorning Nurafshon klubiga qarshi oyini esa 10-aprelga qoldirilgan. Ozbekiston milliy terma jamoasiga 3 nafardan koproq futbolchi bergani uchun Paxtakor uchrashuvni kochirishni sorab murojaat qilgani bunga sababdir.

Nimchorak finalda katta ehtimol bilan Nasaf va Paxtakor klublari ozaro toqnash kelishi mumkin. Mazkur bosqichdan etiboran kubokning amaldagi egasi Lokomotiv hamda mamlakat vitse-chempioni Bunyodkor ham turnirga qoshiladi.

Fargonaning Neftchi klubi avvalgi bosqichda Andijon bilan 1:1 hisobida durang oynab, penaltilar seriyasiga kora zafar quchgandi. Shuningdek, Oliy liganing 3-turida Namanganda ham 1:1 hisobini qayd etgandi. Endi kubokning chorak finaliga chiqish uchun yana Navbahor bilan kurash olib boradi.

Ozbekiston kubogi
1/8 final

Lokomotiv Qizilqum
Orol/Sogdiyona Buxoro
Qoqon-1912 Metallurg
Nurafshon/Paxtakor Nasaf
Dinamo Olmaliq
Yozyovon-Lochinlari Mashal
Neftchi Navbahor
Shortan Bunyodkor

: admin (25-03-2017, 22:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
:
-
:
20 ... -