» » Stadionlaridagi ahvol sabab PFL Urganch va Nukusdagi futbol o‘yinlarini olib, boshqa shaharlarga berib yubordi

Stadionlaridagi ahvol sabab PFL Urganch va Nukusdagi futbol o‘yinlarini olib, boshqa shaharlarga berib yubordi


24—25-mart kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1/16 final uchrashuvlari o‘tkazilishi kerak edi. PFL o‘z odatiga ko‘ra, unda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

Tashkilot rasmiy saytining xabar berishicha, Nukus hamda Urganch shaharlaridagi stadionlar talablarga javob bermaydi. Shu boisdan ulardagi o‘yinlar raqib jamoa maydoniga ko‘chirilgan.

24-mart kuni “Orol” klubi o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni qabul qilishi kerak edi. Mazkur o‘yin endilikda 26-mart kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tadi.

25-mart kuni o‘tishi rejalashtirilgan “Xorazm” — “Navbahor” o‘yini esa shu kuni Namanganda tashkillashtiriladi.

Bundan tashqari Toshkentning “Paxtakor” klubi 24-mart kuni Buxoroda “Nurafshon” klubi mehmoni bo‘lishi kerak edi. Biroq toshkentliklar milliy terma jamoaga 5 nafar futbolchini jo‘natib yuborgani uchun, o‘yinni qoldirishni so‘rab PFLga murojaat qilgan. Shu boisdan uchrashuv 10-aprel kuniga ko‘chirilgan.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют