» » O‘zbekistonlik futbolchi qizlar futbolchi erkaklari eplay olmagan ishga qo‘l urdi va BAA darvozasiga 8 ta gol urdi

O‘zbekistonlik futbolchi qizlar futbolchi erkaklari eplay olmagan ishga qo‘l urdi va BAA darvozasiga 8 ta gol urdi


O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo kubogi—2018 saralash bosqichiga tayyorgarlikni Amirliklarda olib bormoqda. 9-mart kuni jamoa BAA ayollar termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, xotin-qizlar xalqaro bayrami uchun o‘ziga ajoyib sovg‘a hozirlagan.

O‘rtoqlik uchrashuvida darvozalarga jami 9 ta gol urildi. Shularning 8 tasi mezbonlar darvozasidan joy oldi — 8:1.

O‘zbekistonliklardan Mahliyo Sarikova hamda Liana Norbekova xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Kamola Rizqiyeva hamda Lyudmila Karachik 1 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Xabarda qayd etilishicha, Osiyo kubogining final bosqichiga yo‘l olish uchun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston hamda KXDR termalariga qarshi maydonga tushishi kerak. Sir emaski, Sharqiy Osiyo mamlakatlarining futbolchi qizlari qit’ada eng yaxshilardan hisoblanadi.

Amirlik yig‘ini davomida BAA termasiga qarshi 12-mart kuni yana bitta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar terma jamoasini Sherali Boboqulov bosh murabbiy sifatida boshqaradi.

Опубликовано: admin (10-03-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют