» » O‘zbekiston termasiga yo‘lni Qirg‘iziston orqali izlayotgan Alisher Azizov OFK kubogidagi ikkinchi golini urdi

O‘zbekiston termasiga yo‘lni Qirg‘iziston orqali izlayotgan Alisher Azizov OFK kubogidagi ikkinchi golini urdi


Qirg‘izistonning “Dordoy” futbol klubi bilan shartnoma imzolagan o‘zbekistonlik futbolchi Alisher Azizov OFK kubogidagi ikkinchi golini urdi, deb yozdi “Championat.asia”.

Musobaqaning saralash bosqichi doirasida “Dordoy” Turkmanistonning “Bolqon” klubi mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida zafar quchdi. Hisob 8-daqiqaga kelib Alisher Azizov tomonidan ochildi. Keyinroq uning jamoadoshi ikkinchi golni urib, navbatdagi bosqich masalasini deyarli hal qilib qo‘ydi.

Tomonlarning O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgan bo‘lib, Alisher Azizov “Dordoy”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qilgandi. Endilikda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra uning jamoasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

OFK kubogining guruh bosqichiga chiqish uchun “Dordoy” Tojikistonning “Hosilot” klubi dovonidan o‘tishi kerak bo‘ladi. 21-fevral kuni tojikistonliklar O‘shga tashrif buyursa, javob o‘yini 28-fevral kuni “Hosilot” maydonida bo‘lib o‘tadi.

OFK kubogi
O‘tish bosqichi
7-fevral, seshanba

Gollar: Alisher Azizov, 8 (0:1). Avazbek Otkeyev, 53 (0:2). Akmammet Matdaiyev, 90 (1:2).

Опубликовано: admin (8-02-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют