» » Yutuq uchun Damas o‘ynalganiga qaramay “Paxtakor” stadioniga eng kam muxlis tashrif buyurdi

Yutuq uchun Damas o‘ynalganiga qaramay “Paxtakor” stadioniga eng kam muxlis tashrif buyurdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 3-turidan joy olgan 6 ta uchrashuv yakunlangandi. “Championat.asia” o‘yinlarga tashrif buyurgan muxlislar statistikasini taqdim etdi.

Unga ko‘ra, Namanganning “Navbahor” klubi nafaqat 3-turdagi, balki mavsumdagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. “Neftchi”ga qarshi vodiy derbisini tomosha qilish uchun stadionga 18 992 tomoshabin tashrif buyurgan.

1-turda “Navbahor” eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgandi. 2-turda esa mavsum rekordini o‘zi yangiladi.

Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘tkazilgan olti uchrashuvda eng kam tomoshabin to‘plagani bilan ajralib turdi — 2 117. Klub rahbariyati muxlislarni stadionga jalb qilish uchun Damas avtomobilini yutuq sifatida o‘ynaganiga qaramay, bu narsa ishqibozlarga ta’sir ko‘rsatmadi.

“Paxtakor” stadioniga kirish chiptalari 10 va 20 ming so‘mdan sotilgandi. Buni o‘rtacha 15 ming deb olinsa, chiptadan tushgan pul taxminan 32 million so‘mni tashkil qiladi. Damas’ning eng arzoni esa GM saytida 34 million deb ko‘rsatilgan bo‘lib, uni ham xorijiy valyutaga sotib olish kerak.

“Paxtakor”ning 1-turdan o‘rin olgan “Qizilqum”ga qarshi o‘yinida Damas o‘ynalishi va’da qilingan bo‘lib, bu va’da uchrashuv kuni o‘z kuchini yo‘qotgan va stadionga kirish bepul qilingandi. O‘sha kuni “Paxtakor”ga 4 mingdan ziyod ishqiboz keldi. Keyinroq esa unga oliy o‘quv yurti talabalari majburan olib borilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Oliy ligasi
3-tur
Muxlislar tashrifi

“Navbahor” — “Neftchi” 1:1 (18.992)
“Buxoro” — “Obod” 0:1 (7.631)
“Qo‘qon—1912” — “Qizilqum” 1:0 (7.621)
“Sho‘rtan” — “Mash’al” 0:2 (4.751)
“So‘g‘diyona” — “Olmaliq” 3:2 (3.712)
“Paxtakor” — “Dinamo” 0:1 (2.117).

Опубликовано: admin (20-03-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют