» » “Paxtakor” muxlislarni stadionga qaytarish uchun “Omadli muxlis” aksiyasida avtomashina yutish imkoniyatini yaratadi

“Paxtakor” muxlislarni stadionga qaytarish uchun “Omadli muxlis” aksiyasida avtomashina yutish imkoniyatini yaratadi


Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi 2017-yilgi mavsumning uy uchrashuvlarini tomosha qilishga tashrif buyurgan futbol muxlislari uchun maxsus tadbirlar rejalashtirib qo‘ydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

2017-yilda O‘zbekiston Oliy ligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan har bir uy uchrashuvi doirasida mamlakatimizning eng sovrindor jamoasi “Paxtakor” ishqibozlarga katta sovg‘a tayyorlamoqda, deb yozilgan xabarda. Bunda har bir uy uchrashuvida alohida-alohida avtomashina o‘ynaladimi yoki butun bir mavsum uchun bir dona avtomobil — oydinlik kiritilmagan.

Mavsumiy abonement yoki chipta sotib olgan futbol muxlislari stadiondagi barcha qulayliklardan foydalanishi mumkin ekani aytib o‘tilgan. Bu qulayliklar nimalardan iborat ekaniga oydinlik kiritilmagan. Qayd etish kerak, “Paxtakor” sektorlarining usti quyosh va yomg‘irdan himoya qiluvchi moslama bilan jihozlanmagan. Muxlislar uchun stadion hududida restoran, barlar, alohida xonalar yo‘q. Hojatxonadan esa foydalanish mumkin.

Avtomashina haqidagi xabarda uning markasiga oydinlik kiritilmagan. Kamoliddin Tojiyev surati bor bannerda esa Damas aks etgan. Bu shunchaki rasmmi yoki chindan ham Damas o‘z egalarini kutmoqdami — ma’lum emas.

Avvalroq Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi 55 yoshdan oshdan muxlislarga uchrashuvlarni bepul tomosha qilish imkoniyatini yaratib bergandi. “Temiryo‘lchilar”ning Chempionlar ligasi doirasida kamida uchta xalqaro o‘yini bor. “Paxtakor” esa bu musobaqadan chetda qolgan.

Xabarda “Paxtakor” mamlakatning eng sovrindor klubi ekaniga urg‘u berilgan bo‘lib, 2016-yil yakunlariga ko‘ra shonli klub eng kam muxlis to‘plagan jamoalardan biri bo‘lgani ochiqlanmagan.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 139) ( 0) ( 137) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют