» » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning umumiy soni 8222 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning umumiy soni 8222 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 29-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra yana 23 nafar odamda koronavirus infeksiyasi aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 8222 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

Avval O‘zbekistonda 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83 kishiga ko‘paygani, soat 17:00 holatiga ko‘ra esa yana 168 kishida koronavirus aniqlanib kasallanganlarning umumiy soni 8199 nafarga yetgani haqida xabarlar berilgan.

29-iyun kunda davomida 167 nafar (dastlab 97 kishi, keyin yana 70 nafar bemor tuzalgan) bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan va sog‘ayganlarning umumiy soni 5496 nafarga (66 foiz) yetgan. 2702 nafar bemor belgilangan standartlar bo‘yicha davolanishni davom ettirmoqda.

29-iyunda ikki nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan: Buxoroda 68 yoshli ayol va Jizzaxda 72 yoshli erkak hayotdan ko‘z yumdi. Epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda jami 24 ta o‘lim holati qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют