» » Ichki ishlar vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Ichki ishlar vazirligi tizimida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi


Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i e’lon qilindi. Unga ko‘ra, IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i hamda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i tayinlangan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Polkovnik Alisher Abdullayev IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar IIV Akademiyasi boshlig‘ining moliya va moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Fayzulla Ortiqboyev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — kadrlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ortiqboyev ushbu lavozimni egallashidan avval IIV Kadrlar bosh boshqarmasi kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi maxsus tayyorgarlik va malaka oshirishni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют