» » O‘zbekistonda Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi

O‘zbekistonda Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-iyun, seshanba kuni odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2018—2019-yillarda birinchi instansiya sudlarida jami 192 ta jinoyat ishi bo‘yicha 307 nafar shaxs oqlangan bo‘lsa-da, hech qaysi holatda prokuror ayblovdan voz kechmagan. Shu bois tergov jarayonidagi xatolar sud majlisida aniqlansa, prokuror sudning tugashini kutib o‘tirmasdan, o‘z tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartib joriy etilishi lozimligi qayd etildi.

“Sud binosiga kelgan har bir inson O‘zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi!” — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilda aholidan kelib tushgan murojaatlarning 8 mingdan ziyodi yoki 44 foizida sudlarda ishlar to‘liq va xolis ko‘rilmayotgani, uzoq muddat cho‘zilayotgani bildirilgan.

Shuningdek, 2019-yilda iqtisodiy sudlarda apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rilgan ishlarning 2,5 mingdan ortig‘i, ya’ni 44 foizi bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan. Bu har ikki shikoyatdan biri bo‘yicha tuman va viloyat iqtisodiy sudi chiqargan qarorlar yuqori sudda o‘zgarayotgani, tadbirkor va investorlar sarson bo‘layotganidan dalolat beradi.

Mutasaddilarga ilg‘or tajribalar va xalqaro standartlar asosida sud tizimini “bir sud — bir instansiya” tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqish topshirig‘i berildi.

Sud tizimida eskilik sarqiti bo‘lgan, o‘z nomi bilan ham sudning mazmun-mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan “nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sudyalarning adolatli qaror qabul qilishlariga ta’sir o‘tkazuvchi barcha omillarni, shu jumladan, Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqini bekor qilish taklifini ilgari surdi. Parlament palatalari ushbu taklifni ko‘rib chiqadi.

Sudlar chiqarayotgan qarorlar faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanishi lozimligi ta’kidlandi. Ayrim sudyalar tergov materiallariga bog‘lanib qolgani, bu esa qonun, sud va davlat obro‘siga putur yetkazishi qayd etildi. Odil sudlov xalqning ko‘z o‘ngida, ochiq-oshkora amalga oshirilib, adolat qaror topishi lozimligi aytib o‘tildi.

Mavzuga doir: Buxoroda IIB xodimlarining xatosi bilan 11 yil umrini qamoqda o‘tkazgan 53 yoshli fuqaro aybsiz deb topildi

Davlat rahbari, shuningdek, sudga borish uchun ayrim tuman va shaharlarda odamlarga qulaylik yaratish zarurligi haqida gapirdi. Misol uchun, aholisi eng ko‘p tumanlardan biri bo‘lgan Urgutda (500 ming kishi, 102 ta mahalla) fuqarolik sudi yo‘qligi sababli 80 kilometr yo‘l bosib, Toyloq tumanlararo sudiga boradi. Shu bois sudlar va ularning faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari rahbarlari inson qadr-qimmatini hurmat qilish bo‘yicha o‘qitiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют