» » O‘zbekistonda advokatlikni boshlash uchun yosh mutaxassislardan 2 yillik yuridik staj talab etish bekor qilinadi

O‘zbekistonda advokatlikni boshlash uchun yosh mutaxassislardan 2 yillik yuridik staj talab etish bekor qilinadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-iyun, seshanba kuni odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda bugun 4 ming atrofida advokat faoliyat ko‘rsatib, 8,5 ming aholiga o‘rtacha bitta shunday mutaxassis to‘g‘ri kelmoqda. Advokatlarning 43 foizi Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, viloyatlarning 20 ta tumanida birorta ham advokatlik firmasi ro‘yxatdan o‘tmagan.

Advokatlik faoliyatini boshlashi uchun yosh mutaxassislardan 2 yillik yuridik staj talab etishni bekor qilish, talabalikdan advokat yordamchisi sifatida amaliyot o‘tash tartibini joriy etish kerakligi ta’kidlandi. Yuridik oliy o‘quv yurtlarida “advokatlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadigan bo‘ldi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari rahbarlari inson qadr-qimmatini hurmat qilish bo‘yicha o‘qitiladi

Qayd etilishicha, davlat tomonidan taqdim etilgan advokatlarni tanlashning ochiq-oshkora tartibi yo‘qligi bois ayrim tergovchilar o‘ziga tanish advokatlarni chaqirib, ayblanuvchiga ta’sir o‘tkazish hollari uchrab turadi. Masalan, Toshkent shahrida davlat tomonidan advokatlarga o‘tgan yili 7 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, ushbu mablag‘ning teng yarmi 20 ta advokatlik firmasiga berilgan. Aslida, jami 746 ta shunday firma mavjud.

Shu sababli tegishli vazirliklarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimini ishga tushirish topshirig‘i berildi. Bu dastlab poytaxtda eksperiment tariqasida joriy etiladi.

Mavzuga doir:O‘zbekistonda Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi

Shuningdek, o‘ta og‘ir jinoyatda ayblanayotgan shaxslarning ishi bo‘yicha, undan tashqari, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilayotgan holatlarda ham advokat ishtirokini majburiy etib belgilab qo‘yish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Advokatlik faoliyati jozibadorligini oshirish, bu kasb egalarining himoyasi va kafolatini kuchaytirish bo‘yicha qonun hujjatlari paketini ishlab chiqib, muhokamaga olib chiqiladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют