» » Avstraliya tashqi ishlar vaziri Shimoliy Koreya mamlakatiga tahdid qilayotganini tasdiqladi

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Shimoliy Koreya mamlakatiga tahdid qilayotganini tasdiqladi


Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juli Bishop Shimoliy Koreya uning mamlakati va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi xavfsizligiga tahdid solayotgani haqidagi bayonotini takrorladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

KXDR gazetalarida 22-aprel, shanba kuni Shimoliy Koreya TIV vakilining Avstraliya “AQSh tutgan yo‘lga ko‘r-ko‘rona ergashish”da ayblangan maqolasi e’lon qilingandi.

Bunga javoban Bishop jurnalistlar bilan suhbatda “Shimoliy Koreya qo‘shnilar uchun ulkan xavf ekanligi, agar tiyilmasa, bundan ham yirik mintaqa, jumladan, Avstraliyaga ham tahdid tug‘dirishi”ni tasdiqladi.

“Shimoliy Koreya tuzumi mablag‘larini ommaviy qirg‘in qurollari yaratishga emas, o‘zining jafokash xalqi farovonligini ta’minlashga sarflashi lozim”, — xulosa qildi Avstraliya tashqi ishlar vaziri.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют