» » Kiprdagi suv ombori qirg‘og‘ida alligatorga o‘xshash g‘ayrioddiy mavjudot paydo bo‘ldi

Kiprdagi suv ombori qirg‘og‘ida alligatorga o‘xshash g‘ayrioddiy mavjudot paydo bo‘ldi


Shimoliy Kiprdagi suv ombori qirg‘og‘ida alligatorga o‘xshash g‘ayrioddiy mavjudot topildi. Bu haqda Cyprus Mail xabar berdi.

Kipr tabiatni tadqiq qilish intituti ma’lumotlariga ko‘ra, topilgan mavjudot Missisipi cho‘rtanbalig‘i bo‘lib chiqdi.

Uning og‘irligi 10 kilogramm, uzunligi esa 112 santimetr edi.

Missisipi cho‘rtanbalig‘i bu hududda ilk marta qayd etilmoqda. Mutaxassislar qo‘shimcha tarzda o‘rganish olib boradi.

Institut suv muhandisi Dervish Kavuso‘g‘luning aytishicha, mavjudot bu o‘lchamga yetishi uchun kamida 10 yil talab qilingan.

Missisipi cho‘rtanbalig‘i mintaqadagi eng yirik baliqlardan biri hisoblanadi. Taxminlarga ko‘ra, u egasi tomonidan suvga qo‘yib yuborilgan bo‘lishi ham mumkin.

Bunday baliqlar nafaqat boshqa baliqlar, balki suv ostida yashovchi qushlar bilan ham oziqlanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют