» » Hindiston sudi Gang daryosini tirik mavjudot deb topdi

Hindiston sudi Gang daryosini tirik mavjudot deb topdi


Uttar-Pradesh shtati sudi (Hindiston) Gang va Yamuna daryolari bundan buyon “odamlar kabi tirik mavjudot” deb hisoblanishi va tegishli huquqlarga ega bo‘lishi haqida qaror qabul qildi, deb yozadi TJournal.

Qaror suv obyektlarini muhofaza qilish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida qabul qilindi.

Milliardga yaqin hind uchun muqaddas hisoblangan Hindistonning ikki daryosi yirik ko‘lamli ifloslantirish orqali yetkazilayotgan zarardan himoya qilish uchun tirik mavjudot maqomiga ega bo‘ldi.

Sud qarori daryoni ifloslantirishni insonga zarar yetkazish bilan tenglashtiradi va tegishli huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda Gang va Yamuna oqova suvlar, sanoat chiqitlari va diniy marosimlardan keyingi odamzot kuli bilan kuchli ifloslangan. Bundan tashqari, ularda ziyoratchilar ommaviy cho‘miladi.

Yamunning ba’zi joylari shunchalik ifloslanganki, unda baliqlar va faunaning boshqa vakillari uchramaydi. Shunga qaramasdan, 19 millionlik Dehli aholisiga suv aynan shu daryodan yetkaziladi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют