» » Uch marta sahnalashtirilgan mashhur asar. Turkiyaning “Choliqushi” seriali haqida qiziqarli faktlar

Uch marta sahnalashtirilgan mashhur asar. Turkiyaning “Choliqushi” seriali haqida qiziqarli faktlar


Turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekin qalamiga mansub bo‘lgan “Choliqushi” kitobi 1922-yilda yozilgan bo‘lib, asardagi Feride obrazi yangi davrdagi turk ayollari timsolini o‘zida aks ettirgani bilan katta-yu kichik muhabbatiga sazovor bo‘lgan.

Asar uch marotaba serial sifatida sahnalashtirilgan bo‘lib, birinchi marta 1966-yilda suratga olingan. Unda Feride obrazini aktrisa Tyurkan Shoray ijro qilgan. Aydan Shener va Kenan Kalav ishtirok etgan 1986-yildagi versiyasi esa bir qancha mamlakatlarda mashhurlikka erishgan.

Aydan uchun Feride roli karyerasidagi eng muvaffaqiyatli ijro bo‘lgan. Kamronni gavdalantirgan Kenan esa keyinroq Ispaniya qamoqxonasida o‘tirib chiqqan, shundan keyin Ispaniyada yashashni davom ettirib, restoran biznesi bilan shug‘ullangan. O‘g‘li otasining izidan ketib, u ham aktyor sifatida faoliyat boshlagan.

2013-yilda bosh rollarni Burak O‘zchivit va Faxriya Evjen ijro etgan filmning uchinchi versiyasi ham taqdim qilingan. Aynan ushbu filmni suratga olish jarayonida bosh qahramonlar o‘rtasida sevgi paydo bo‘lgan. Ammo film reytinglarda past ko‘rsatkich qayd qilgani sabab 30-qismdan keyin suratga olish ishlari to‘xtatilgan. Bunga voqealar rivoji kitobdagidan farq qilishi, buning oqibatida esa muxlislar tomonidan bildirilgan e’tirozlar sabab bo‘lgan.

Aktrisa Aydan Shener ham filmni bir ko‘rishdayoq asl manbadan yaqqol farq qilgani sabab ko‘rmay qo‘yganini bildirgan.

Asl variantda Kamron diplomat qilib tasvirlangan, 2013-yildagi filmda esa shifokor sifatida gavdalantirilgan. Burak O‘zchivitning o‘zi esa filmda ijro etadigan roli qanday bo‘lishidan qat’i nazar, milliy qadriyatlarga qarshi bormasligini bildirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют