» » Qisqa fursatda mashhurlikka erishgan turk aktyori Ekin Ko‘ch (foto)

Qisqa fursatda mashhurlikka erishgan turk aktyori Ekin Ko‘ch (foto)


“Muhtasham yuz yil: Ko‘sem Sulton” serialidagi bosh roli bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan aktyor Ekin Ko‘ch kim? — degan savolga My Day nashri javob topishga harakat qildi.

To‘liq ismi Ismet Ekin Ko‘ch bo‘lgan aktyor 1992-yilning 21-iyunida Turkiyaning Antaliya shahrida dunyoga kelgan. Otasining xizmat safarlari tufayli tez-tez maktab almashtirgan Ekin oliy ta’limni Istanbul Bilgi Universitetida olgan. Otasi turizm sohasida, onasi esa bank sohasida faoliyat olib borgan aktyorning o‘zidan besh yosh kichik bir ukasi bor. Aktyorlik sohasiga kirib kelganga endigina to‘rt yil bo‘lgan Ekin qisqa fursatda mashhurlikka erishdi.

U ilk marta 2013-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Sana Bir S?r Verece?im” (“Senga bir sirni aytaman”) serialida rol ijro etgan. Lekin serial past reyting sababli tugatildi. Uning ikkinchi ishi “Benim Ad?m G?ltepe” (“Mening ismim Gultepe”) serialidagi roli bo‘lib, bu serial ham unga omad keltirmadi. Aktyor 2015-yilda mashhur aktrisa Neslixan Atagul bilan birga “Senden Bana Kalan” (“Sendan menga qolgan”) filmida suratga tushadi.

Bu filmdan so‘ng u tanila boshlaydi, lekin unga katta omad keltirgan ishi, bu “Muhtasham yuz yil” serialining davomi “Ko‘sem Sulton” bo‘lib, bu serialdagi bosh rol uchun u hamma singari kasting orqali tanlab olingan.

Aktyor shaxsiy hayotini oshkor qilmaydi. Hozirda uning hayotida kimdir bormi, yo‘qmi noma’lum. U ayni damda “Hayat S?rlar?” (“Hayot sirlari”) nomli serialda bosh rolni ijro etmoqda.

Опубликовано: admin (8-11-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют