» » Fotogalereya: Amaldagi Gollivud yulduzlarining o‘rnini egallaydigan yosh aktyorlar

Fotogalereya: Amaldagi Gollivud yulduzlarining o‘rnini egallaydigan yosh aktyorlar


AdMe 25 yoshga to‘lmasdan turib mashhurlikka erishgan yosh aktyorlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Ushbu aktrisa “Taxtlar o‘yini” serialidagi roli bilan mashhurlikka erishgan bo‘lsada, “O‘n uchinchi ertak”, “Boshqa men” va “O‘ta xavfli” kabi filmlarda ham suratga tushishga ulgurgan.

Bu yigitcha “Yulduzlar aybdor” melodramasidagi roli bilan tomoshabinlar yodida qolgan, biroq Ensel unga qadar “Divergent” va “Telekinez” filmlarida ham suratga tushgan.

Xloya o‘zining birinchi rolini 2004-yilda, “Himoyachi” filmida ijro etgan. Shundan so‘ng u Let Me In, Kick-Ass, Laggies kabi bir qator filmlarda yodda qolarli rollarni tomoshabinlarga taqdim etgan.

Ushbu aktyor The Perks of Being a Wallflower hamda Percy Jackson & the Olympians: The Lightning Thief filmlaridagi rollari bilan mashhurlikka erishgan.

War of the Worlds filmidagi qizaloq Reychel hozirda ulg‘ayib, “Juda yaxshi qizlar”, “Hozir ayni vaqti” va boshqa bir qator filmlarda rol ijro etishga ulgurdi.

Uill Poulter “Biz Millerlarmiz” filmidagi “omadsiz” bola roli bilan barchaning yodida qolgan. Shundan so‘ng aktyor The Revenant va The Maze Runner kabi mashhur kartinalarda rol ijro etdi.

El kino sanoatiga 2 yoshida, opasi Dakota Fenningning bolalikdagi rolini ijro etish orqali kirib kelgan. Maleficent filmidagi malika Avrora roli uning faoliyatida 26-rol hisoblanadi.

Yosh va iqtidorli aktyor Dilan Teen Wolf seriali va The Maze Runner sikveli orqali mashhurlikka erishgan.

Xeyli Stayenfeld — amerikalik aktrisa va yosh xonanda. Unga mashhurlik “Romeo va Julyetta” filmidagi Julyetta rolidan so‘ng kelgan.

Sirsha yosh bo‘lishiga qaramay Atonement filmidagi Brayoni Tallis va Brooklyn filmidagi Eylish Leysi rollari uchun ikki marta “Oltin globus”, BAFTA va “Oskar” mukofotlariga nomzodlik qilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют