» » AQShda sherif rolida tanilgan Jeyms Klifton 96 yoshida vafot etdi

AQShda sherif rolida tanilgan Jeyms Klifton 96 yoshida vafot etdi


Jeyms Bond haqidagi filmlarda sherif Pepper roli orqali mashhur bo‘lgan amerikalik aktyor Jeyms Klifton 96 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.

Jeyms Kliftonning qizi otasi 15-aprel kuni qandli diabet kasalligi natijasida ahvolining og‘irlashuvi oqibatida vafot etganini ma’lum qildi.

“U ajoyib odam edi, uni hamma yaxshi ko‘rardi. Biz u hayotimizda bo‘lganidan xursandmiz”, — dedi aktyorning qizi.

Klifton ko‘proq britaniyalik agent haqidagi “Yasha va o‘lishga imkon ber” (1973) va “Oltin to‘pponchali odam” (1974) filmlarida ijro etgan sherif roli orqali tanilgan. Shuningdek, aktyorga 1967-yilda suratga olingan “Sovuqqon Lyuk” filmidagi administrator roli ham katta shuhrat keltirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют