» » Mashhur Gollivud rejissori Stiven Spilbergning onasi 97 yoshida vafot etdi

Mashhur Gollivud rejissori Stiven Spilbergning onasi 97 yoshida vafot etdi


Mashhur Gollivud rejissori Stiven Spilbergning onasi Lia Adler 97 yoshida vafot etdi. The Hollywood Reporter jurnaliga asoslanib, xabar berdi “TASS” .

O‘g‘lining kinoga bo‘lgan muhabbatini paydo bo‘lishida muhim o‘rin tutgan Lia Adler pianinochi va rassom edi. Los-Anjeles shahrida uning “Somon yo‘li” nomli yahudiylar uchun mo‘ljallangan restorani bo‘lgan.

Lia Adler Stivenning otasi Arnold Meyer Spilberg bilan 1945-yili turmush qurgan. 1966-yili ular ajrashishdan oldin 4 ta farzand, shu jumladan, Stiven Spilberg dunyoga kelgan. Stiven Spilbergning otasi hamon hayot – shu yilning 6-fevral kuni u 100 yoshga to‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Stiven Spilberg “Shindler ro‘yxati” (1993), “Oddiy askar Rayanni qutqarish” (1999), “Myunxen” (2005), “Linkoln” (2012), “Yura davriga sayohat” trilogiyasi va Indiana Jons haqidagi mashhur filmlar rejissori sanaladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют