» » AQSh Senati Stiven Mnuchinni moliya vaziri lavozimiga tasdiqladi

AQSh Senati Stiven Mnuchinni moliya vaziri lavozimiga tasdiqladi


AQSh Senati 13-fevral, dushanba kuni Stiven Mnuchinni moliya vaziri lavozimiga tasdiqladi. Nomzodni yoqlab 53 senator ovoz berdi, 47 kishi qarshi chiqdi, deya xabar beradi “TASS”.

Vitse-prezident Maykl Pens shu kunning o‘zida yangi vazirni qasamyodga keltirdi. Marosim Oq uyda, prezident Donald Tramp ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Mnuchin 17 yil davomida Goldman Sachs bankida faoliyat olib borgan, vitse-prezident lavozimigacha ko‘tarilgan. Shundan so‘ng turli moliyaviy kompaniyalar, jumladan, kino sohasiga investitsiyalar kiritish bilan shug‘ullangan Dune Capital Management’ga rahbarlik qildi. U “Telba Maks: g‘azab yo‘li”, “Qotillar jamoasi”, “Betmen Supermenga qarshi: adolat tongida” kabi 35 film prodyuseri sanaladi.

Stiven Mnuchin 2016-yilda Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish bilan shug‘ullan. Forbes 54 yoshli tadbirkorning mol-mulkini 300 million dollar baholagandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-02-2017, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют