» » Arnold Shvarsenegger “Terminator”ning oltinchi qismida suratga tushishini tasdiqladi

Arnold Shvarsenegger “Terminator”ning oltinchi qismida suratga tushishini tasdiqladi


Amerikalik aktyor, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger “Terminator” filmining oltinchi qismida suratga tushadi. Bu haqda Fox News telekanaliga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Kelgusi yilning mart oyida ‘Terminator’ning suratga olish ishlariga kirishaman. Rejissor Jeyms Kemeron va prodyuser Devid Ellison suratga olish guruhining tarkibiga qaytadi”, — deya telekanal 30-iyul kuni 70 yoshni qarshilagan Shvarsenegger so‘zlarini keltiradi.

Kemeron fantastik filmning oltinchi qismini suratga olish qarorini tasdiqladi va Kaliforniya sobiq gubernatori terminator rolini emas, uning prototipi — inson rolini ijro etishini ma’lum qildi. “O‘zingizdan so‘rab ko‘ring, nega barcha personajlar Arnold kabi ko‘rinishga ega va uningdek gaplashishadi. Buning sababi bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, menda prototip bo‘lishi kerak degan fikr paydo bo‘ldi”, — dedi dunyoda eng yaxshi daromad keltiradigan rejissorlardan biri hisoblangan Kemeron.

Shvarsenegger Avstriyaning Gratsa shahri yaqinidagi Tal qishlog‘ida 1947-yilda tug‘ilgan. 21 yoshida AQSh kelib bodibilding sportida mashhurlikka erishgan. U ishtirokidagi Conan the Barbarian (1982-yil), The Terminator (1984-yil), Commando (1985-yil), Predator (1987-yil), Total Recall (1990-yil) filmlari mashhurlikka erishgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-08-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют