» » Shvarsenegger Silvestr Stallonesiz “Tutqich bermas” filmining navbatdagi qismida suratga tushishdan bosh tortdi

Shvarsenegger Silvestr Stallonesiz “Tutqich bermas” filmining navbatdagi qismida suratga tushishdan bosh tortdi


Amerikalik aktyor Arnold Shvarsenegger “Tutqich bermas” (The Expendables) filmining navbatdagi qismida suratga tushmaydi. Bu haqida Entertainment Weekly nashriga tayanib, “Segodnya” xabar berdi.

Bunga loyihadan aktyor hamda rejissor Silvestr Stallonening ketganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

“Tutqich bermas” filmi Stallonesiz bo‘lishi mumkin emas. Men hech qachon usiz filmga tushmayman”, — deydi Shvarsenegger.

Stallone va prodyuserlar o‘rtasida filmning navbatdagi qismiga rejissor tanlash hamda ssenariy borasida mojaro kelib chiqqan.

Stallone filmning bundan oldingi uchta qismida asosiy rol ijrochisi hamda ssenariy mualliflaridan biri bo‘lgan, shuningdek, filmning birinchi qismiga o‘zi rejissorlik qilgan edi.

Shvarsenegger ham filmning bundan oldingi qismlarida asosiy personajlardan birini o‘ynagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, filmning to‘rtinchi qismini suratga olish ishlari avgust oyiga rejalashtirilgan, ammo aktyor hali ssenariyni o‘qimaganini, hatto ssenariy yozilganligiga ham ishonchi komil emasligini aytgan.

Опубликовано: admin (7-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют