» » Warner Bros. kinostudiyasi “Matritsa” filmining remeyki ustida ish boshadi

Warner Bros. kinostudiyasi “Matritsa” filmining remeyki ustida ish boshadi


Amerikaning Warner Bros. kinostudiyasi “Matritsa” fantastik filmining remeyki ustida ish boshladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Hollywood Reporter nashri xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Remeyk ssenariysini yozish borasida “X-odamlar” hamda “Qasoskorlar” filmining ssenariy muallifi Zak Penn bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, remeykda Maykl Bakari Jordan ham suratga tushishi kutilmoqda.

Hozircha yangi loyiha qanday ko‘rinishda bo‘lishi noma’lum. Remeykda original “Matritsa” filmi rejissori hamda ssenariy muallifi bo‘lgan Vachovskilarning ishtiroki aniqlashtirilmagan. Manbaning xabariga ko‘ra, yangi film haqidagi g‘oya “Matritsa” trilogiyasi prodyusseri Joel Silverdan chiqqan.

Avvalroq mashhur aktyor Kianu Rivz loyihani amalga oshirishda Vachovskilar ishtirok etsagina, “Matritsa” olamiga qaytishga tayyor ekanligini bildirgan edi. Buning ustiga u remeykni emas, filmning davomini nazarda tutgan.

“Matritsa”ning uchala filmi ham aka-uka Vachovskilar tomonidan suratga olingan edi. Filmning birinchi qismi 1999-yilda, keyingilari esa 2003-yilda ekranlarga chiqqan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют