» » Markus Reshford Ueyn Runining 8 yil oldingi natijasini takrorladi

Markus Reshford Ueyn Runining 8 yil oldingi natijasini takrorladi


“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Angliya chempionati 33-turidan o‘rin olgan “Bornmut”ga qarshi uchrashuvda (5:2) 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.

Bu Reshfordning 2019/20-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda urgan 20-goli bo‘ldi. Shu tariqa Reshford oxirgi marta 2011/2012-yilda qayd etilgan natijani takrorladi.

Gap shundaki, 2000-yildan keyin “Manchester Yunayted” tarkibida faqatgina uch nafar angliyalik futbolchi bir mavsum davomida 20 tadan ko‘proq gol urgan. Bular Ueyn Runi (2011/12, 2009/10, 2008/09, 2006/07), Pol Skoulz (2002/03) va Teddi Sheringem (2000/01).

Ma’lumot uchun, Markus Reshford 2016-yildan beri asosiy jamoa safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u Premyer Liganing 26 uchrashuvida maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Mavzuga doir: Markus Reshford 3 mln britaniyalikni bir martadan ovqatlantirishga yetadigan mablag‘ yig‘di



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют