» » 10-iyuldan joriy etiladigan karantin cheklovlari Superliga o‘yinlariga ta’sir qiladimi?

10-iyuldan joriy etiladigan karantin cheklovlari Superliga o‘yinlariga ta’sir qiladimi?


O‘zbekiston miqyosida 10-iyuldan 1-avgustga qadar bir qator karantin cheklovlari joriy etildi.

“Daryo” muxbiri mazkur cheklovlar O‘zbekistonda Superliga va Pro-Liga uchrashuvlarining o‘tkazilishiga ta’sirini aniqlash maqsadida PFL bilan bog‘landi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu cheklovlar Superliga va Pro-Liga o‘yinlarining o‘tishiga ta’sir o‘tkazmaydi. Uchrashuvlar barcha sanitariya talablariga rioya qilingan holda o‘tkazilishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Superliganing 2020-yilgi mavsumi koronavirus pandemiyasi sabab mart oyida 3-turga kelib to‘xtab qolgandi. 4-iyunda mamlakatda professional futbol uchrashuvlarini o‘tkazishga ruxsat berildi va 13-iyundan Superligaga restart berildi. Pro-liga bahslari esa 3-iyul kuni start oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют