» » Kechasi telefon ishlatmang, kola ichmang. Tiniqib uxlash uchun tavsiyalar

Kechasi telefon ishlatmang, kola ichmang. Tiniqib uxlash uchun tavsiyalar


Tiniqib va to‘yib uxlagan inson o‘zini kun bo‘yi yaxshi his qiladi, kayfiyati a’lo bo‘ladi, bo‘shashmaydi. Uyquning chala bo‘lishi esa nafaqat kayfiyat, balki salomatlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi, inson asabiy bo‘lib qoladi, atrofdagilardan alamini oladi. Tiniqib uxlash uchun nima qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Tartibga amal qiling

Bir vaqtda uyquga yotib, bir vaqtda turishga harakat qiling. Uyqu tartibi tananing bir maromda ishlashi uchun muhim sanaladi.

Haroratga e’tibor qarating

Yuqori havo harorati to‘yib uxlashga xalaqit berishi mumkin, shuning uchun ham yotoqxonada toza havo bo‘lishiga e’tibor bering. Xona harorati 22 darajadan yuqori bo‘lmasin, uxlashdan avval derazani ochib, xonani shamollating. Uyqudan avval issiq dush qabul qilmang.

Jismoniy mashq bila shug‘ullaning

Jismoniy mashqdan keyin organizm toliqadi va dam olishni istaydi. Shuning uchun ham kun davomida yarim soat mashq bajarishga odatlaning, ammo yotishdan avval emas. Yugurish va qiyin mashqlarni tongda bajaring.

Kechqurun tarkibida kofein bo‘lgan ichimlik iste’mol qilmang

Kofein faqat qahva tarkibida emas, ko‘k choy va kolada ham bo‘lishini unutmang. Mutaxassislar kofeinli ichimliklarni kechki soat beshgacha, keyin esa suv yoki tinchlantiruvchi o‘tlardan damlangan choy ichishni tavsiya qiladi.

Yotoqxona yorug‘ bo‘lmasin

Uxlaydigan joyingizda chiroq yorug‘i bo‘lishi ham uxlashga xalaqit berishini unutmang. Bundan tashqari, tiniqib uxlashni istaydiganlarga uyqudan avval televizor ko‘rmaslik, kompyuter va telefondan foydalanmaslik tavsiya qilinadi.

Ko‘rpa-to‘shak holati ham rol o‘ynashini unutmang

Gigiyena nuqtayi nazaridan, yostiq jildlarini haftada 3 marta, shuningdek, yostiqning o‘zini 2-4 yilda almashtirib turing. Shu singari to‘shak holati ham muhim sanaladi, 10 yildan beri almashtirilmagan, cho‘nqirliklar paydo bo‘lgan to‘shakda inson qulay uxlay olmaydi, bezovtalanadi. To‘shak tekis va qattiq bo‘lishi, choyshablar yuvilgan, ozoda ekani sizning tiniqib uxlashingizda ahamiyatli sanaladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют