» » Kun bo‘yi mudrab yurmaslik uchun nima qilish kerak? 7 maslahat

Kun bo‘yi mudrab yurmaslik uchun nima qilish kerak? 7 maslahat


Surunkali ?uyquchanlik hayotning barcha jabhalariga ta’sir o‘?tkazmay qolmaydi: ishdagi topshiriqlar vaqtida bajarilmaydi, uy yumushlariga, do‘stlar bilan hordiq chiqarishga mador yetmaydi. Karantin vaqtida uyquga berilish avjiga chiqqaniga ishonchimiz komil. Harper’s Bazaar nashri ko‘pchilikni qiynaydigan ushbu muammoga yechim bo‘ladigan tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Me’yordan kam uxlamang

Aytilaverib siyqasi chiqib ketgan fakt: inson bir sutkada 7 yoki 8 soat uxlashi kerakligi haqida yaxshi bilamiz, lekin amal qilishga kelganda jiddiy qaramaymiz. Shunchalik bandligimizdan vaqtimizni uyquga sarflashga ko‘zimiz qiymaydi. Biroq bir narsani yodda tutish kerak, chala uxlab ishlarni, vazifalarni ham chala qoldirgandan ko‘ra tiniqib uxlab, hammasini o‘z vaqtida do‘ndirgan yaxshi.

Karavot faqat uxlash uchun

Karavotda film ko‘rish, kitob o‘qish va ishlashni bas qiling. Psixologlar bir ovozdan karavotni faqatgina uxlash uchun ekanini ta’kidlaydi. Ularning aytishiga qaraganda, uyqu va ish uchun bir joydan foydalanish oqibatida dam olish va tetiklik o‘rtasidagi psixologik chegara buziladi. Qarabsizki, na ishda samara bo‘ladi, na uyquda.

Barvaqt turing

Har tong bir vaqtda uyg‘onishga odatlaning. Bu o‘z-o‘zidan kechasi ertaroq uxlashingizga yordam beradi. Bunda tanadagi tabiiy ritm normallashib, kun davomida inson o‘zini tetik va yaxshi his qiladi.

Ovqatlanishingizga e’tiborli bo‘ling

O‘zingizni qanday his qilishingizda faqatgina uyqu necha soat bo‘lgani emas, nima tanovul qilayotganingiz ham muhim rol o‘ynaydi. Vaqt yo‘qligini bahona qilib, bir finjon qahva va kruassan bilan cheklanmasdan to‘yimli va foydali mahsulotlardan tayyorlangan nonushta qiling. Nonushta kunlik energiya manbai hisoblanadi va siz kunning birinchi yarmida iste’mol qilgan taom kun davomida sizga kuch va energiya beradi. Taomnomangizda tuxum, meva va sabzavotlar albatta bo‘lsin, shuningdek, ko‘p suyuqlik, limonli suv, sharbat ichishni ham kanda qilmang.

Mavzuga doir: Istalgan parhez samaradorligini oshiradigan 3 qoida

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang

8 soat uxlashga vaqtim yo‘q deyishdan avval kun tartibingizni ko‘zdan kechiring, muhim bo‘lgan va bo‘lmagan ishlarga ketadigan vaqtingizni sarhisob qiling. Ishonchimiz komilki, 16 soat ichida 2 yo 3 soat ijtimoiy tarmoq yoki televizorga vaqt sarflaysiz. Shu vaqtni sog‘ligingiz va ishingiz samarasi uchun uyqu hisobiga o‘tkazing.

Kunduzi uxlamang

Esingizdami, ?bog‘chada tarbiyachilar majburlab uxlatishardi ? Chunki kunduzgi uyqu maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun foydali va zarur, siz-u biz uchun emas. Negaki biroz mizg‘ib olgach, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar kunning ikkinchi yarmiga qoladi va kechki uxlash vaqti cho‘zilishi mumkin.

Uyquga alohida tayyorlaning

Uxlash vaqti bo‘ldi deb, shartta borib yotib olmang. Yotishdan avval dush qabul qiling, sokin musiqa tinglang, yumshoq va yotish uchun qulay pijamalarni kiying, uyqudan avval o‘tli tinchlantiradigan choy iching. Uxlashdan avval xona havosini almashtirishni ham unutmang. Ana shunda tinch va xotirjam uyquga ketib, tongda tetik va yaxshi kayfiyatda uyg‘onasiz.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют