» » Qozog‘istonda 13-iyul — koronavirus infeksiyasidan vafot etgan fuqarolar xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qilindi

Qozog‘istonda 13-iyul — koronavirus infeksiyasidan vafot etgan fuqarolar xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qilindi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan fuqarolar sharafiga motam kuni belgilanishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda Kazakhstan Today.

“Epidemiya jamiyatda o‘z o‘rniga ega insonlarni hayotdan olib ketdi. Yaqinlarini yo‘qotgan har bir fuqaroga hamdardlik bildiraman. 13-iyulni milliy motam kuni deb e’lon qilaman”, — degan To‘qayev televideniye orqali qilgan murojaatida.

U fuqarolarni sabrli, xotirjam bo‘lishga, xalq boshiga tushgan ushbu sinovlarga bardosh berishga chaqirgan.

“Koronavirusga qarshi kurashni davom ettiryapmiz. G‘alaba biz tomonda bo‘lishiga shubha yo‘q. Taslim bo‘lmasligimiz, tushkunlikka tushmasligimiz kerak. Bugun xalqning birlashadigan vaqti keldi. Hech kimni yolg‘iz qoldirmaymiz, har bir qozog‘istonlikning hayoti uchun kurashamiz”, — degan Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 51 059 nafarga yetgan, epidemiya boshlanganidan beri jami 264 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. 8-iyul Toshkent vaqti bilan soat 21:50 holatiga ko‘ra, 3-iyundan 8-iyulga qadar 17 221 nafar bemorning koronavirusdan tuzalgani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-07-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют