» » Ikki “zapravka” orasida klinika qurishga ruxsat bergan Qarshi shahar hokimi ishi sudda ko‘rilmoqda

Ikki “zapravka” orasida klinika qurishga ruxsat bergan Qarshi shahar hokimi ishi sudda ko‘rilmoqda


Qarshi shahar hokimi Normo‘min Xolboyev ikki “zapravka” orasida xususiy klinika qurishga ruxsat bergandi. Avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi mulkdori, tadbirkor Baxtiyor Rahimov shahar hokimining ushbu qaroridan norozi bo‘lib, sudga murojaat qildi.

2020-yilning 7-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida qatnashgan “Daryo” muxbirining xabar berishicha, Qarshi shahar Ma’muriy sudi sudyasi hokimning sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan qarorni qonunga muvoflashtirganiga taajjublangan.

“Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan qarorni Qarshi shahar hokimi qanday qilib qonunga muvofiqlashtirgan?”, — deya savol bilan yuzlangan sudya shahar hokimligi huquqshunosi Zufar Ismoilovdan tayinli javob ololmadi.

Sudda so‘z olgan Qarshi shahar hokimligi huquqshunosi Zufar Ismoilov viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shahar hokimligiga xulosa xati berganligini, unda “Ta’minot savdo servis” MChJ rahbarligidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasi ombori atrofi devor bilan o‘rab olinsa, oraliq masofa to‘g‘ri kelishi mumkin, degan to‘xtamga kelinganini aytdi.

Sudda ishtirok etgan va ism-familiyasi OAVda oshkor etilishini istamagan Artro-Med xususiy klinikasi mas’uli yonilg‘i quyish shoxobchasi muhofaza maydonida qurilishi boshlangan xususiy klinika uchun ayni kunga qadar 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarflanganini, shu bois ham “zapravka” egasi bilan kelishib, muammoni bartaraf qilish niyatidaligini ma’lum qildi.

“Zapravka”ning yonilg‘i omborini viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aytgan talab bo‘yicha o‘rab, o‘z hisobimizdan devor qurib beramiz va o‘rtada 25 metr masofa qoldiramiz”, — dedi Artro-Med xususiy klinikasi vakili.

Mazkur taklifni eshitgan tadbirkor Baxtiyor Rahimov bunga roziligini, biroq yonilg‘i quyish shoxobchasi yonidan qoldirilayotgan 25 metr masofa shahar hokimi qaroridan ham chiqarilishini va qonunan tasdiqlanishini so‘ramoqda.

Ta’kidlash joiz, Qarshi shahar hokimining 2020-yil 3-iyuldagi qarorida Artro-Med xususiy klinikasi uchun 40 sotix yer berilgani yozilgan bo‘lib, tadbirkorning aytishicha, qoldirilishi aytilayotgan 25 metr masofa ana shu qaror tarkibidan chiqarilmasa, kelajakda yana nizoga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Daryo”da mazkur muammo tilga olingan bo‘lib, xususiy klinika avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasining 80 ming litrdan ortiq yonilg‘i saqlanuvchi ombori tomonidan qoldirilgan muhofaza maydonida qad rostlayotgani, tadbirkor Baxtiyor Rahimov esa bundan tashvishlanayotgani haqida so‘z yuritilgandi.

Sud 10-iyul, juma kuni soat 16:00 ga qadar tanaffus e’lon qildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют