» » Chilonzor tuman ma’muriy sudi Toshkent shahar hokimining qarorini bekor qildi

Chilonzor tuman ma’muriy sudi Toshkent shahar hokimining qarorini bekor qildi


Toshkent shahar Chilonzor tuman ma’muriy sudiga “Hayrabod” mahalla fuqarolar yig‘ini Toshkent shahar hokimiyati mansabdor shaxsi tomonidan chiqarilgan qarorni haqiqiy emas deb topish bo‘yicha shikoyat-ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sud majlisida o‘rganishlar asosida quyidagilar aniqlandi:

“Hayrabod” mahalla fuqarolar yig‘ini 50 yildan buyon hududdagi 3-tor Hayrabod ko‘chasi, 13-manzilda joylashgan “Otalar choyxonasi” binosidan foydalanib kelgan. Toshkent shahar Yer resurslari va mulk kadastri xizmati davlat korxonasining arxiv hujjatlariga ko‘ra 995 kvadrat metr yer maydonida joylashgan binoning 555 kvadrat metr qismi “Hayrabod” MFY nomiga kadastr hujjatlari bilan rasmiylashtirilgan.

Biroq 2017-yil 23-mayda Toshkent shahar hokimining 630-sonli qarori asosida ushbu binonining huquqiy holati aniqlanmasdan, o‘rnatilgan tartibda egasiz deb topilib, davlat tasarrufiga qabul qilinmasdan qonunga zid ravishda “Xalol sut mazasi” MChJga ajratib berilgan.

Sud qonun talablari va aniqlangan holatlardan kelib chiqib, “Hayrabod” mahalla fuqarolar yig‘inining shikoyat-arizasini asosli deb hisobladi hamda Toshkent shahar hokimining yuqorida qayd etilgan qarorini haqiqiy emas deb topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют