» » Sud Termiz shahar hokimining qarorlarini haqiqiy emas deb topdi

Sud Termiz shahar hokimining qarorlarini haqiqiy emas deb topdi


T.Yo‘ldosheva sudga murojaat qilib, javobgarlar Termiz shahar hokimligi va fuqaro R.Jo‘rayevga nisbatan Termiz shahar hokimining 2018-yil 24-apreldagi va 2018-yil 1-iyun kungi qarorlarini haqiqiy emas deb topishni so‘radi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sud majlisida aniqlanishicha, T.Yo‘ldosheva 2010-yilda Sh.Jo‘rayev bilan turmush qurgan. Turmushlari davomida 3 nafar farzand ko‘rishgan. Termiz shahar hokimining qaroriga asosan turmush o‘rtog‘i Sh.Jo‘rayevning nomiga “Yangi davr” ko‘chasidan ajratilgan 500 kvadrat metr yerga uy-joy qurib, 2017-yil oxirida ko‘chib o‘tishadi.

Shahar hokimligi Sh.Jo‘rayev nomiga mulk huquqi beradi.

2018-yil aprel oyida er-xotin o‘rtasida nizo paydo bo‘ladi. Shunda turmush o‘rtog‘i yangi qurilgan uyni qayin akasi R.Jo‘rayev nomiga o‘tkazib, boshqa fuqaroga sotib yuboradi.

Sudda javobgar da’voni tan olmasdan turli vajlarni keltirdi. Ya’ni, Sh.Jo‘rayev uylari bir qismining buzilgani evaziga 2013 yilda o‘zini nomiga berilgan yer uchastkasiga uy qurib, xotini roziligi bilan uyni sotganligini bayon qildi.

Akasi R.Jo‘rayevga yer ajratilmay qolganligi uchun 2016-yilda shahar hokimligi tomonidan o‘ziga yana 500 kvadrat metr yer ajratilganligi, ushbu yerga akasi uy qurganligi, nizo bo‘lmagani va yer maydoni o‘zining nomiga ajratilgani uchun qurilgan uy-joyga Termiz shahar hokimining qaroriga asosan o‘zining mulk huquqi belgilangan.

Shahar hokimligi ilgari ham unga yer ajratib bergan. Hokimning 2016-yildagi yer ajratish qarorlariga o‘zini o‘rniga akasi R.Jo‘rayevning familiyasini qo‘yib o‘zgartish kiritish haqida ariza bilan murojaat qilgan, arizasi qanoatlantirilgan.

Shahar hokimligi vakili M.Yo‘ldoshev ma’muriyat tomonidan Sh.Jo‘rayevning arizasi ko‘rib chiqilib, shahar hokimining 2018-yil 25-mayda qarori qabul qilinib, 2016-yil 30-dekabrdagi qarori 1-bandidagi “Jo‘rayev Shuhrat” so‘zlari “Jo‘rayev Rustam” deb o‘qilishi, shuningdek, 2018-yil 1-iyundagi qarorga ko‘ra, “Yangi davr” ko‘chasi, 5-burilish, 1-uyga R.Jщrayev nomiga mulk huquqi e’tirof etilganligini bildirdi.

Termiz shahar hokimining 2018-yil 24-maydagi qarori bilan hokimning 2016-yil 30-dekabrdagi qarori ilovasining 1-bandiga o‘zgartish kiritilib, 2018-yil 13-apreldagi qarorni bekor qilish, 2060-sonli qaror 1-bandidagi 318-ilovasi “Jo‘rayev Shuxrat” so‘zlari “Jo‘rayev Rustam” deb o‘qilishi belgilangan.

Shahar hokimining 2018-yil 1-iyundagi qarori bilan ishchi guruh komissiyasi 2018-yil 28-maydagi bayonnomasi tasdiqlanib, fuqaro R.Jo‘rayevga ko‘rsatilgan uy-joyga mulk huquqi berilgan.

Oila Kodeksining 23-moddasi 1-qismiga ko‘ra, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Biroq, Termiz shahar hokimligi mas’ul shaxslari shahar hokimligi qaroriga o‘zgartish kiritayotgan vaqtlarida Sh.Jo‘rayev va T.Yo‘ldoshevalar umumiy mulki bo‘lgan “Yangi davr” ko‘chasi, 5-burilish 1-uyga R.Jo‘rayevning mulk huquqini belgilash jarayonida T.Yo‘ldoshevaning roziligini olish chorasini ko‘rmagan.

Nizoli uy-joyga R.Jo‘rayevning egaligi asossiz belgilanishi natijasida ushbu uy-joy R.Jo‘rayev tomonidan 2018-yil 2-avgust kungi notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasiga asosan fuqaro G‘.Xoliqovga sotib yuborilgan.

Sudda aniqlangan holatlar T.Yo‘ldoshevaning huquq va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganligini ko‘rsatadi. Shu bois sud shikoyat arizani qanoatlantirdi va Termiz shahar hokimining qarorlarini haqiqiy emas deb topdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют