» » “Real” so‘nggi 4 yilda akademiya tarbiyalanuvchilarini sotish orqali qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

“Real” so‘nggi 4 yilda akademiya tarbiyalanuvchilarini sotish orqali qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi


So‘nggi yillarda “Real” o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilarini transfer qilish orqali yaxshigina daromad ko‘rmoqda.

Marсa nashri xabariga ko‘ra, oxirgi yillarda Madrid klubi bitiruvchilarni sotishdan oladigan pul miqdori keskin o‘sgan. Klub 2016—2020-yillar oralig‘ida o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilarini sotish orqali jami 246 million yevro daromad ko‘rgan.

Amalga oshirilgan top-5 ta transferning barchasi oxirgi to‘rt yilga to‘g‘ri keladi. Bular — Alvaro Morata, Markos Lyorente, Xese, Raul de Tomas va Ashraf Hakimi.

Morata “Real”ning eng qimmat tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, “Chelsi” uni 2017-yilda 66 million yevro evaziga sotib olgan. Ushbu yozda esa Hakimi 40+5 million yevroga “Inter”ga borib qo‘shildi. “Atletiko” 2019-yilda Lyorentening transferi uchun 30 million yevro to‘lagan bo‘lsa, 2016-yilda Xese Rodriges 25 million yevroga PSJga o‘tgan. Shuningdek, Raul de Tomas 2019-yilda “Benfika”ga 20+2 million yevroga o‘tgan.

Bundan tashqari, “Real” akademiya tarbiyalanuvchilari ishtirokida unchalik ham katta bo‘lmagan bir nechta kichik bitimlarni amalga oshirgan. Misol uchun, Denis Cherishev (“Valensiya”) 7 million yevro, Mariano Dias (“Lion”) 8 million yevro, Diyego Lyorente (“Real Sosyedad”) 7 million yevro va Omar Maskarel (“Shalke-04”) 10 million yevro.

Mavzuga doir: Rasman: “Real” futbolchisi “Inter”ga o‘tdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 20) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют