» » Toshkentga kirish-chiqishdagi postlar yaqinida tirbandliklar kuzatilmoqda (foto)

Toshkentga kirish-chiqishdagi postlar yaqinida tirbandliklar kuzatilmoqda (foto)


10-iyuldan boshlab O‘zbekistonda keskin karantin cheklovlari qayta kuchga kirishi, turli ko‘cha va mahallalarga blokpostlar o‘rnatilishi, shaxsiy avtomashinalardan foydalanishga belgilangan vaqtlarda ruxsat berilishi tufayli Toshkent shahriga kirish-chiqishdagi postlar yaqinida, shuningdek, poytaxtning markaziy ko‘chalarda tirbandliklar kuzatilmoqda.

Jumladan, internetda haydovchilar Qo‘yliq 5-mavzesidagi yo‘lning yopilishi mashinalarning to‘planishiga, Toshkent halqa yo‘liga chiqishning imkonsizligiga sabab bo‘layotganini qayd etmoqda.

Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti chorrahasidan Yunusobod tumaniga olib boruvchi yo‘lda ham tirbandlik kuzatilgan. Bu yerda Toshkent viloyati Qibray tumanini shahar bilan bog‘lovchi YPX posti joylashgan.

Toshkent xalqaro aeroportiga olib boradigan yo‘l, Sag‘bon, Qorasaroy ko‘chalarining Nurafshon ko‘chasiga olib chiqadigan chorrahalarida, Shastri ko‘chasida, Otchopar bozori atrofida Quyoshligacha (ayrim haydovchilar “Erkin” YPX postigacha mashinalar turnaqator ekanini aytmoqda), Yunusobod tumanida Sebzor—Yunusobod ko‘prigidan Yunusobod dehqon bozorigacha bo‘lgan yo‘lda, shuningdek, “Rohat” yo‘l-patrul posti atrofida tribandliklar yuzaga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют