» » David de Xea “Manchester Yunayted” rekordchisiga aylandi

David de Xea “Manchester Yunayted” rekordchisiga aylandi


“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea chet ellik futbolchilar orasida o‘yinlar soni bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi.

Ispaniyalik posbon uchun Angliya Premyer Ligasi 34-turidan o‘rin olgan “Aston Villa”ga qarshi bahs 399-o‘yin bo‘ldi. De Xea shu tariqa “Manchester Yunayted”ning daniyalik sobiq darvozaboni Peter Shmeyxelni ortda qoldirdi. Shmeyxel hisobida 398 ta o‘yin bor edi.

Ma’lumot uchun, de Xea 2011-yilda “Atletiko”dan “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan. Bu mavsumda u 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta “quruq” o‘yin o‘tkazdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют