» » “Manchester Yunayted” penalti tepish bo‘yicha APL rekordini takrorladi

“Manchester Yunayted” penalti tepish bo‘yicha APL rekordini takrorladi


“Manchester Yunayted” Angliya chempionatining 34-turida “Aston Villa” maydoniga safar qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 11 metrlik penalti zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

“Manchester Yunayted” uchun bu Angliya Premyer Ligasining joriy mavsumidagi 13-penalti bo‘ldi. Shu tariqa Manchester klubi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha musobaqa rekordini takrorladi. Bundan oldin xuddi shunday natijani 2015/16-yilgi mavsumda “Lester” qayd etgandi. “Lester”gacha esa 2004/05-yilgi mavsumda “Kristal Pelas” ham 13 marta penaltidan foydalangan.

Umumiy olganda Ole-Gunnar Sulsher boshchiligidagi jamoa 2019/20-yilgi mavsumda barcha turnirlarda 18 marotaba penalti tepgan.

“Manchester Yunayted” 34-turdan keyin 58 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Navbatdagi turda jamoa o‘z maydonida “Sauthempton”ni qabul qiladi.

Mavzuga doir: “Manchester Yunayted” hujum triosi gollar soni bo‘yicha Saloh, Mane va Firmino uchligini ortda qoldirdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют