» » APL. “Manchester Yunayted” safarda uchta gol urib g‘alaba qozondi

APL. “Manchester Yunayted” safarda uchta gol urib g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Manchester Yunayted” jamoasi 9-iyul, payshanba kuni “Aston Villa” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida Burunu Fernandesh penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Meyson Grinvud jamoasining qarshi hujumini gol bilan yakunladi.

58-daqiqada Pol Pogba Fernandesh tomonidan uzatib berilgan to‘pga uzoq masofadan zarba berib, uchinchi bor mezbonlar darvozabonini ranjitdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Ole-Gunnar Sulsher jamoasining ochkolari soni 58 taga yetdi. Jamoa 4-o‘rindagi “Lester”dan bir ochkoga ortda qolmoqda. “Aston Villa” (27) esa 19-pog‘onada qoldi.

APL

34-tur bahsi

Gollar: 0:1 – 27, penalti Brunu Fernandesh, 0:2 – 45 Grinvud, 0:3 – 58 Pogba.

“Aston Villa”: Reyna, Mingz, Hoz, Konsa, Teylor, Duglas Luis (Vasilev, 84), Trezege, El-Gazi (Huriheyn, 58), Makginn (Nakamba, 59), Grilish, Samatta (Devis, 59).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Shou, Maguayr, Uan-Bissaka (Uilyams, 66), Matich (Maktominay, 66), Pogba, Brunu Fernandesh (Fred, 71), Marsyal (Igalo, 79), Grinvud (Jeyms, 79), Reshford.

Ogohlantirishlar: Uan-Bissaka (40), Matich (45), Konsa (52), Nakamba (81), Fred (87).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют