» » APL. “Manchester Siti” o‘z maydonida yirik g‘alabaga erishdi (video)

APL. “Manchester Siti” o‘z maydonida yirik g‘alabaga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 10-turi doirasida Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi o‘z maydonida “Aston Villa”ni qabul qildi.

Bellashuv davomida “mankunianlar” vakillari Rahim Sterling (46), Kevin de Bryuyne (65) hamda Ilkay Gundo‘g‘on (70) tomonidan urilgan gollar “shaharliklar”ning “Aston Villa” ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Qayd etish joiz, uchrashuvning 87-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Fernandinyo hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Manchester Siti” ochkolari sonini 22 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Aston Villa” esa 11 ochko bilan 13-o‘rinni band qilib turibdi.

APL

10-tur bahsi

26-oktabr, shanba

Gollar: 1:0 – 46 Sterling, 2:0 – 65 de Bryuyne, 3:0 – 70 Gyundogan.

“Manchester Siti”: Ederson, Stounz, Mendi (Anxelinyo, 73), Joau Kanselu, Fernandinyo, Gundo‘g‘on, de Bryuyne (Foden, 76), Bernardu Silva, Silva, Sterling (Aguero, 76), Gabriel Jezus

“Aston Villa”: Xiton, Engels, Gilber, Targett, Mingz, Duglas Luis, Makginn, Nakamba, Grilish (Al-G‘ozi, 84), Trezege, Uesli (Devis, 71)

Ogohlantirishlar: Grilish (36), Fernandinyo (57), Gundo‘g‘on (81)

Chetlatish: Fernandinyo (87)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют