» » “Manchester Siti” safarda “Bornmut”ni mag‘lub etib, APLda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)

“Manchester Siti” safarda “Bornmut”ni mag‘lub etib, APLda 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi (video)


25-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 3-turida Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi mehmonda “Bornmut”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “shaharliklar” vakillari Serxio Aguero (15, 64) hamda Rahim Sterling (43) raqib darvozasiga to‘p kiritgan bo‘lsa, mezbonlardan jamoa yarim himoyachi Xarri Uilson 45-daqiqada bitta golga mualliflik qildi.

Shu tariqa “mankunianlar” safarda kechgan bahsda “Bornmut”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Ayni damda manchesterliklar hisobida 7 ochko mavjud.

APL

3-tur bahsi

25-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 — 15 Aguero, 0:2 — 43 Sterling, 1:2 — 45 Uilson, 1:3 — 64 Aguero

“Bornmut”: Remsdeyl, Deniels (Uilson, 37), Mifem, Kuk, Smit (Ayb, 68), Freyzer, Lerma, Billing, Ake, Uilson (Solanke, 69), King

“Manchester Siti”: Ederson, Zinchenko, Lyaport, Otamendi, Uoker (Joau Kanselu, 90), Silva, de Bryuyne, Bernardu Silva (Marez, 79), Gundo‘g‘on (Rodri Ernandes, 58), Sterling, Aguero

Ogohlantirishlar: Uoker (10), Ederson (13), Lerma (56), Otamendi (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют