» » APL. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Tottenhem”ni yuta olmadi (video)

APL. “Manchester Siti” o‘z maydonida “Tottenhem”ni yuta olmadi (video)


17-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionati 2-turining markaziy o‘yinida Pep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” o‘z maydonida Maurisio Pochettino boshqaruvidagi Londonning “Tottenhem” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuv davomida “mankunianlar” a’zolari Rahim Sterling (20) va Serxio Aguero (35) Ugo Lyoris qo‘riqlayotgan darvozaga gol urgan bo‘lsa, “shporlar”dan Erik Lamela (23) hamda Lukas Moura (56) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa “shaharliklar” “Tottenhem” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

APL

2-tur bahsi

17-avgust, shanba

Gollar: 1:0 — 20 Sterling, 1:1 — 23 Lamela, 2:1 — 35 Aguero, 2:2 — 56 Lukas Moura

“Manchester Siti”: Ederson, Zinchenko, Lyaport, Otamendi, Uoker, Rodri Ernandes (Silva, 78), Gundo‘g‘on, Bernardu Silva (Mahrez, 80), de Bryuyne, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 66)

“Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Uoker-Piters, Rouz, Alderveyreld, Uinks (Lukas Moura, 56), Eriksen (Skipp, 90), Sissoko, Lamela (Lo Chelso, 85), Ndombele, Keyn

Ogohlantirish: Sterling (26)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют