» » “Manchester Siti” “Tottenhem”ni mag‘lub etib, APL peshqadamiga aylanib oldi (video)

“Manchester Siti” “Tottenhem”ni mag‘lub etib, APL peshqadamiga aylanib oldi (video)


20-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasi 35-turining markaziy uchrashuvida Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” klubi Maurisio Pochettino boshqaruvidagi Londonning “Tottenhem” jamoasi bilan jang qildi.

Bellashuvning 5-daqiqasida “mankunianlar” yarim himoyachisi Fil Fodenning kiritgan goli “shaharliklar”ga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Mazkur o‘yin natijasiga ko‘ra, “Manchester Siti” 86 ochko to‘plab, musobaqa peshqadamiga aylanib oldi. Undan bir pog‘ona pastda borayotgan “Liverpul”da esa 85 ochko mavjud.

APL

35-tur bahsi

20-aprel, shanba

Gol: 1:0 — 5 Foden

“Manchester Siti”: Morayes, Uoker, Stounz, Lyaport, Zinchenko, de Bryuyne (Fernandinyo, 38), Gundo‘g‘on, Foden (David Silva, 85), Bernardu Silva, Aguero (Sane, 66), Sterling

“Tottenhem”: Gassaniga, Alderveyreld (Lyorente, 78), Sanches, Vertongen, Foyt, Dele Alli (Rouz, 69), Dayer (Vanyama, 61), Devis, Eriksen, Son, Lukas

Ogohlantirishlar: Vanyama (86), Sterling (90+3), Vertongen (90+3)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют